12:34 / 24.08.2015
10141

O‘zbekistonda bojxona bojining yangi stavkalari tasdiqlandi

2015 yilning 1 sentabridan import bojxona boji va respublika hududiga olib kirilayotgan aksiz osti mahsulotlar uchun aksiz solig‘ining yangi stavkalari amal qilishni boshlaydi.

Yangi stavkalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tasdiqlandi.

Ko‘plab import mahsulotlari uchun boj ular bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida belgilandi.

Yer usti transporti, temir yo‘l va tramvayning harakatdagi tarkibidan tashqari, uchun boj bojxona qiymatining 70 foizi hamda dvigatel hajmining har kub santimetr uchun 3 dollardan qilib belgilandi.

Top