11:25 / 24.08.2015
4992

O‘zbekistonda savdo qoidalarining buzilishi uchun javobgarlik jinoiy yurisdiksiyadan ma'muriyga o‘tkazildi

O‘zbekistonda kuchga kirgan yangi qonuniy me'yorga muvofiq savdo qoidalarining buzilishi uchun javobgarlik jinoiy yurisdiksiyadan ma'muriyga o‘tkazildi.

Bu “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonunchilik aktlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularning rivojlanishiga to‘siqlarni olib tashlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilab berildi. Qonun 31 iyul kuni quyi palata tomonidan qabul qilinib, 6 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullandi, 20 avgustda esa davlat rahbari tomonidan imzolandi va 21 avgust kuni markaziy matbuotda e'lon qilinib, kuchga kirdi.

Ma'muriy javobgarlik kodeksining 164-moddasiga qo‘shimcha qilib kiritilgan uchinchi bandga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga eng kam oylik ish haqining 10-50 barobari, mansabdor shaxslarga ega 40-80 barobari miqdorida jarima solinadi.

Top