Jamiyat | 12:08 / 24.08.2015
4953
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda voqealar va tadbirlar portali ishga tushdi

365.gov.uz portali respublika hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rasmiy tadbirlar va muhim siyosiy voqealar, tarixiy sanalar va xalqaro darajada ahamiyatli bo‘lgan kunlar borasida ma'lumotlarni o‘z qamroviga olgan.

Portalda foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalangan holda har bir ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi portal xizmatlari o‘ziga qulay holda sozlab olishlari mumkin. Foydalanuvchilar mavjud ma'lumotlarni sohalar yoki tashkilotlar kesimida ko‘rishlari uchun mavjud sozlamalardan foydalanishlari mumkin.

Mening kalendarim sahifasi foydalanuvchilarga muayyan erkinliklar yaratib beradi, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar sahifada mavjud voqea va tadbirlarni o‘zlariga kerakli shaxsiy kabinetda umumlashtirishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi infocom.uz.

Shuningdek, portalda Tarixiy sanalar, Sport, Tavallud kunlar, Ko‘rik tanlovlar, Davlat tashkilotlarida, Dunyoda, Ko‘rgazmalar va Bayramlar rukni mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish