Sport | 14:45 / 24.08.2015
1679
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar Bangkokdagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda mamlakat Boks federatsiyasi xabar tarqatdi.

Manbada qayd qilinishicha, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan Hasanboy Do‘smatov (49 kg vazn toifasi), Shahobiddin Zoirov (52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (56 kg), Elnur Abduraimov (60 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg), Isroil Madrimov (69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (75 kg), Elshod Rasulov (81 kg), Rustam Tulaganov (91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) o‘rin olishgan.

Mazkur turnir 25 avgust kuni boshlanib 6 sentabr kuni hal qiluvchi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 2016 yilda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlari uchun 1ta yo‘llanma naqd qilingan. Mazkur Osiyo chempionatida yana 4ta yo‘llanma qo‘lga kiritilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish