Jahon | 16:02 / 24.08.2015
3380
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya TIVga yangi bosh direktor tayinladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat tashqi ishlar vazirligi Bosh direktori lavozimiga Sergey Vyazalovni tayinladi. Bu haqda Farmon mamlakatning huquqqa oid portalida e'lon qilingan.

Farmonda shuningdek, 2012 yilning aprel oyidan mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Sergey Mareyevning o‘z mansabidan ozod qilinishi ham qayd qilingan.

TIV Bosh direktori vazirning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, kapital qurilish, chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va shuningdek Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarga akkreditatsiya berish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini o‘taydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish