Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 17:57 / 24.08.2015
3506
1 daqiqa o‘qiladi
Ralph Lauren “aqlli” futbolkalarni sotuvga chiqaradi
Kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi Ralph Lauren kompaniyasi OMsignal kompaniyasi bilan hamkorlikda PoloTech “aqlli” futbolkalarini sotuvga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.
Kiyimga o‘rnatilgan sensorlar insonning jismoniy ko‘rsatkichlarini kuzatib boradi. Futbolka to‘plagan ma'lumotlar smartfondagi maxsus ilovaga yuklanib boradi.
Futbolka 31 avgust kuni boshlanadigan US Open tennis turnirida namoyish etiladi. Futbolkaning narxi 295 dollarni tashkil qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish