Sport | 21:17 / 24.08.2015
6284
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Odamlarning nafrati meni to‘xtatib bo‘lmas darajaga yetkazadi

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z instagrami orqali o‘ziga nisbatan muxlislar tomonidan mavjud 2 xil munosabatlarga javob berdi.

"Meni sevuvchilardan kuch olaman. Mendan nafratlanuvchilar esa yanada jo‘shqinroq bo‘lishim va to‘xtatib bo‘lmas futbolchiga aylanishimga sababchidirlar", deydi portugaliyalik hujumchi.

Ma'lumot uchun, Ronaldu instagramdan faol ravishda foydalanadi. U bu borada instagramda 30,3 mln obunachisi bor Neymardan keyin 27,9 mln obunachi ko‘rsatkichi bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Messining instagramdagi obunachilari soni esa 23,2 mln nafarni tashkil etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish