Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:05 / 24.08.2015
3648
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya xokkey federatsiyasi Kanada bilan o‘yindagi voqea tufayli jarimaga tortildi
Rossiya xokkey federatsiyasi 80 ming franki miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda xalqaro xokkey federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, bunga Rossiya xokkey terma jamoasining so‘nggi jahon chempionati finalidan keyin g‘olib jamoa Kanada terma jamoasi madhiyasi yangrayotgan paytda muz maydonini tark etishgani va raqibga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur finalda Rossiya terma jamoasi kanadaliklarga 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish