Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:45 / 24.08.2015
2496
1 daqiqa o‘qiladi
Serena Uilyams Tsintsinnati turniri g‘olibasiga aylandi
AQShning Tsintsinatti shahrida yakuniga yetib borayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik tennis turnirining ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslari finalida amerikalik Serena Uilyams g‘olib bo‘ldi.
O‘tgan yilgi turnirda ham dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi bo‘lmish Serena ushbu turnirda zafar quchgandi.
U finalda ruminiyalik Simona Xalepni 6:3, 7:6 (7:5) hisoblarida yengdi.
Uilyams turnirga birinchi raqam ostida, Xalep esa 3chi raqam bilan tasniflangandi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 2 mln 400,49 ming dollarni tashkil etadi.