Jahon | 23:39 / 24.08.2015
4521
1 daqiqa o‘qiladi

Seul ikkala Koreya o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishda Moskvadan najot kutmoqda

Rasmiy Seul Rossiya Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi keskinlik o‘sishining oldini olishda ko‘mak beradi, deb umid bildirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
Janubiy Koreya hukumati vakilining aytishicha, Shimoliy Koreya minada Janubiy Koreyaga tegishli patrulning portlashi va otishma uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, o‘z aybini tan olishi va yana bunday holatlar takrorlanmasligiga va'da berishi kerak.
“Bunday vaziyatda Shimoliy Koreya bilan gaplaga oladigan davlatlar dunyoda kam, shuning uchun Rossiya Shimoliy Koreya bilan suhbatlashib, keskinlikning kamayishiga ko‘mak berishi mumkin. Rossiya doimo Pxenyan bunday keskin harakatlarni amalga oshirmasligiga harakat qilib kelgan”, deb aytdi manba.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish