10:52 / 24.08.2015
5560

Shimoliy Koreyaning 50ta suvosti kemasi harakatga keltirilgan

Janubiy Koreya tomonining ma'lum qilishicha, KXDR mavjud 70ta suvosti kemasining 50tasini o‘z bazalaridan chiqardi. Ularning hozirda joylashgan o‘rni noma'lum. Bu haqda Koreya Respublikasi armiyasi vakillari o‘tkazgan brifing chog‘ida ma'lum qilindi, deya xabar tarqatdi Yonxap agentligi.

“KXDRning 70 foiz suvosti kemalari o‘z bazalarini tark etdi va ularning joylashgan o‘rni noma'lum”, deya e'lon qildi armiya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pxenyanning Koreya yarimorolidagi keskinlikni pasaytirish haqida muzokaralar olib borilayotgan bir vaqtda Seul bilan mojaroda kuch ishlatishga asoslangan ssenariyni amalga oshirish istagida ekanini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Koreya Respublikasi bilan chegarada artilleriya miqdori ham ikki barobarga ortgani aytib o‘tildi.

Top