11:18 / 24.08.2015
4913

Sirdaryoda tashlandiq yerda sport maydoni qurilishi uchun ruxsat berilmayapti

Cirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.Ravshanov shu nomli tumanning 244-konturdagi yer maydonidan 2 gektarni sport maydoni qurish uchun ajratishni so‘rab bir necha bor viloyat va tuman hokimliklariga murojaat qilgan.

“Adolat ko‘zgusi” nashrida yozilishicha, fuqaro ham sport maydoni qurish, ham tashlandiq ahvoldagi yerni obod qilishni maqsad qilganini bildirgan.

Sirdaryo tumani hokimi K.Samatov 244-konturdagi yer ekin maydoni ekani, shu bois u yerda o‘yingoh barpo qilish mumkin emasligini rasman ma'lum qilgan.

Top