21:54 / 24.08.2015
32190

Toshkent shahrining Rohat tomonida katta yong‘in chiqdi

Kun.uz nashri manbasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 24 avgust kuni soat taxminan 21:00dan boshlab Toshkentdagi Rohat postidan o‘tib, Bordonko‘l tomon ko‘prikdan tushgach, svetofordan o‘ng qo‘ldagi dala tomonda gaz quvuri portlagani aytilmoqda. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda turlicha taxminlar bildirilmoqda: kimdir Bektemir tumanidagi AYoQSh, yana kimdir Baliqchi hududidan o‘tgan katta gaz quvurida portlash yuz bergan, degan taxminlar bildirilmoqda. Tahririyatga kelib tushgan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea joyidan Baliqchigacha hali 3-4 km borligi aytilmoqda. Toshkentga olib boruvchi yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam mashinalari yuborilayotgani ta'kidlanmoqda. Hozirda shaharning turli burchaklaridan alanganing ko‘rinayotgani haqida ma'lumotlar olinmoqda. Hozircha aniq va rasmiy ma'lumotlar berilmagan. Xabarlarni kuzatib boring. 

Top