19:20 / 24.08.2015
3416

Xitoy ballistik raketalarni aniqlaydigan sun'iy yo‘ldosh uchirmoqchi

Xitoy ballistik raketalarni aniqlaydigan sinov sun'iy yo‘ldoshini uchirmoqchi. Bu haqda o‘z qo‘lidagi XXR harbiy hujjatlariga asoslangan holda Kyodo axborot agentligi ma'lum qildi.

“Xitoy xalq ozodlik armiyasi X diapazonli yerusti radarlari tizimini ishlab chiqishga kirishdi va yaqinda tez aniqlash sinov yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda”, - deyiladi agentlik e'lon qilgan hujjatlardan birida.

Ta'kidlanishicha, yangi radarlar va sun'iy yo‘ldosh raketalarga qarshi mudofaa tizimining bir qismiga aylanishi mumkin. Bu tizim AQShning aksilraketa mudofaa tizimi singari ballistik raketalarni uzoq masofalardan aniqlash imkonini berishi mumkin.
“Shu tariqa, agar Xitoy AQSh tizimiga o‘xshash tizim yarata olsa, bu jahondagi strategik balansni o‘zgartirib yuborishi mumkin”, - xulosa qiladi agentlik.

Top