18:55 / 24.08.2015
3290

Xitoy fond birjasi indeksi 8.5 foizga tushib ketdi

Shanghai Composite fond birjasi indeksi 24 avgust savdolarida 8.5 foizga yoki 3 211 punktga tushib ketdi, deb xabar beradi RIA Novosti. Tahlilchilar buni Xitoy iqtisodiyotining o‘sishiga bo‘lgan ishonchning tushib borishi bilan tushuntirmoqda.

Shu bilan bir paytda Xitoyning boshqa birjalarida ham tushish kuzatildi: Shenzhen Composite 7.61 foizga (1884 punktga), Gongkongdagi Hang Seng Index 4.64 foizga (21 369 punktga), Tayvandagi TAIEX 4.4 foizga (7441 punktga) tushdi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa savdo maydonlarida ham tushish kuzatildi: Yaponiyadagi Nikkei 3.5 foizga, Avstraliyadagi S&P/ASX 200 7.52 foizga, Koreyadagi KOSPI 2.34 foizga qisqardi.

Top