Jahon | 19:09 / 24.08.2015
3729
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy generallari G‘alaba paradiga tayyorgarlik sababli ozishdi

Xitoy armiyasi generallari Pekin shahrida sentabr oyi avvalida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushi tugashining 70 yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik ko‘rgani sababli vazn tashlashdi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar berdi.

“18-19 yoshli askarlarga qaraganda generallarda javob reaksiyasi, chaqqonlik va jismoniy kuch yetishmayapti. Biroq ular shafqat so‘raganlari yo‘q, balki aksincha, o‘z malakasini eng yaxshi ko‘rinishda namoyon etishni istaydi va shuning uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda”, – dedi harbiy xizmatchilarni bayramona yurishga tayyorlayotgan kapitan Feng Kaychun.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ko‘plab generallar o‘rtacha 5 kilogrammdan ozishgan. Ular quyosh nurlari ostida to‘liq harbiy libos kiygan holda oddiy askarlar bilan barcha repetitsiyalarda ishtirok etmoqda.

Ikkinchi jahon urushi tugallanganiga bag‘ishlangan parad 3 sentabr kuni Pekinning Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tadi. Unda 12 ming askar, 50 general, 10dan ziyod davlat rahbarlari ishtirok etadi.

Shuningdek, tomoshabinlarga 500dan ortiq harbiy texnikalar, shu jumladan, jangovar samolyotlar namoyish etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish