20:23 / 24.08.2015
3303

Xitoyda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan amnistiya e'lon qilinadi

Xitoy hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 70 yil to‘lishi bilan o‘tkazilayotgan bayram doirasida afvi umumiy e'lon qiladi.

"Sinxua" agentligining xabariga ko‘ra, bu bo‘yicha qarorda 4 toifadagi mahbuslarni ozodlikka chiqarish tartibi ko‘rsatilgan.

Bu toifalar "jamiyat uchun xavfli bo‘lmagan mahbuslar"ni o‘z ichiga oladi.

Biroz oldinroq, 2-3 sentabr kunlari Pekinda Ikkinchi jahon urushida Yaponiya ustidan g‘alaba qozonilganiga bag‘ishlangan parad o‘tkazilishi, unda 12 ming askar, 50 general, 10dan ziyod davlat rahbarlari ishtirok etishi xabar qilingandi.

Shuningdek, rossiyalik harbiylar Pekindagi G‘alaba paradini yakunlashi aytilgan.

Top