06:14 / 25.08.2015
4168

OAV: “Manchester Yunayted” Neymarni rekord summaga sotib olmoqchi

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona” klubining braziliyalik hujumchisi Neymarni rekord summaga sotib olishga tayyor, deb xabar bermoqda Globo Esporte nashri.

Ingliz klubi futbolchi uchun 190 mln yevro to‘lay olishini bildirgan.

Ayni paytda tranfser summasi bo‘yicha rekord natija Madridning “Real” klubiga tegishli bo‘lib, klub 2013 yilda Londonning “Tottenxem” klubi sobiq yarimhimoyachisi uelslik Garet Beylni 100 mln yevroga sotib olgan.

Top