Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 avgustdan 10 sentabrga qadar O‘zbekistonda 2 mingga yaqin maktab yarmarkalari tashkil etiladi
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan umumta'lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechaklar va poyabzallar bilan ta'minlash hamda ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10 avgustidan 10 sentabriga qadar 1876ta maktab yarmarkalari tashkil etiladi.
Yarmarkalarning 970tasi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tashkil etilib, 232tasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, 398tasi aholi gavjum bozorlarda, 276tasi savdo majmualarida tashkio etiladi. Olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hamda cho‘l hududlarida 98ta ko‘chma avtodo‘konlar xizmat ko‘rsatadi.
Yarmarkalarda savdo ishlarini amaldagi soliq va bank qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan holda savdo tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarida 1876ta barcha turdagi to‘lov terminallari o‘rnatilishi belgilangan.
“Darakchi” gazetasi Toshkent shahridagi bozorlarda sotilayotgan o‘quv qurollarining narx-navolarini e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, 12 varaqlik daftar 200, 36 varaqlik daftar ming, 48 varaqlik daftar 1.5 ming, 96 varaqlik daftar 1.8 ming so‘m turadi. Bundan tashqari, rangli qalam 4-16 ming, ruchka 500, flomaster 12 ming, yelim 1.5 ming, o‘chirg‘ich ming, kundalik daftar 2-12 ming, qalamdon 5-15 ming, rasm albomi 1.5-5 ming, chizg‘ich 1-3 ming so‘m.
Materialda, shuningdek, maktab sumkalari va liboslarining narxlari keltirilgan. Jumladan, o‘g‘il bolalar sumkasi 30-130 ming so‘m, qiz bolalar sumkasi 25-125 ming so‘m atrofida bo‘lsa, 1-4 sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalarga mo‘ljallangan maktab formasi 120-160 ming so‘m, 5-9 sinf o‘quvchilari formasi esa 180-300 ming so‘m qilib belgilangan.