Jahon | 18:49 / 25.08.2015
2751
2 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamg‘arma Quddusda skeyt-park qurdi

Ahmad Hoji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat jamg‘armasi Quddusda sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan maydonchaning qurilishini moliyalashtirdi. Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ijtimoiy tarmoqlardan birida ta'kidlashicha, bu sovg‘a “chechen xalqi va Quddus aholisi o‘rtasidagi do‘stlik ramzi” bo‘ldi

“Quddus yoshlari bugun ajoyib sovg‘a olishdi. Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad Hoji Qodirovning tug‘ilgan kunida skeyt-parkning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Quddus meri Nir Barkat ishtirok etdi. Xalqaro musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan skeyt-park qurilishini Ahmad Hoji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat jamg‘armasi moliyalashtiridi”, deb ta'kidlamoqda Ramzon Qodirov. Ramzon Qodirovning buyrug‘i bilan parkning qurilishini Rossiya Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov nazorat qildi.

TASS axborot agentligining avval ma'lum qilishicha, 2014 yilning mart oyida ushbu jamg‘armaning sa'y-harakatlari evaziga Isroilning Abu-Gosh qishlog‘ida mamlakatdagi kattaligi bo‘yicha 3-raqamli bo‘lgan Ahmad Hoji Qodirov nomidagi masjid ochilgan edi. Masjid o‘z bag‘riga 3 ming kishini sig‘dira oladi, 4ta 50 metrlik minora va oltin gumbazga ega. Masjid mahalliy etnik chechenlar iltimosiga ko‘ra barpo etilgan. Shu bilan bir vaqtda 2011 yilda mahalliy kengash qarori bilan Ahmad Hoji Qodirov nomi berilgan ko‘cha ham rekonstruksiya qilindi.

Olimlarning fikricha, chechenlar bu yerlarda 400 yil avval "palak yozishgan".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish