O‘zbekiston | 22:53 / 25.08.2015
3900
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yil oxirigacha 100ta yangi avtobus paydo bo‘ladi

1 avgustdan Andijon ko‘chalarida yangi zamonaviy avtobuslar harakatlana boshladi. Shahar avtokorxonasi Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan 60 ta yangi “Sam Avto LE 60” avtobuslari sotib oldi. Yil oxirigacha avtobuslar sonini 100 tagacha yetkazish mo‘ljallangan.

Yangi “Auto LE 60” avtobusining texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinish olgan: past polga ega ushbu avtobus 56 yo‘lovchiga mshljallangan; uzunligi 8 m, og‘irligi 10,2 tonnani tashkil qiladi. 4,5 litrli Cummins dvigateli ishlatiladi, “Yevro-4” ekologik talablariga javob beradi.


“Yangi avtobuslar juda qulay, chunki ularning zinalari past joylashgan. Harakat paytida o‘zingni yengli mashinada ketayotgandek his qilasan. Bundan tashqari, ular konditsonerlar bilan jihozlanadi. Katta yoshdagilarni o‘ylaganingiz uchun rahmat,”, deb o‘z taassurotlari bilan bo‘lishmoqda, shu yerdagi yashovchi mehnat faxriysi Malika aya Yunusova.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda yangi avtobusning fotosuratlari paydo bo‘ldi. Yangi avtobuslarda yo‘lkira haqi 500 so‘mni tashkil qiladi.
Andijonliklar Mustaqillik yili bayramiga shunday ajoyib sovg‘a bilan taqdirlandilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish