19:48 / 25.08.2015
2398

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi avgust oxirida Pekinga tashrif buyuradi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays 28-29 avgust kunlari Pekinga tashrif buyuradi, deb aytilmoqda Oq uy bergan xabarda.

Rays xitoylik yuqori lavozimli mansabdor shaxslar, jumladan Xitoy Davlat kengashi rahbari Yan Tszechi bilan uchrashadi.

Tashrif doirasida Raysning bir qator ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar hamda Xitoy prezidenti Si Tszinpinning sentabrdagi davlat tashrifi arafasidagi boshqa masalalar bo‘yicha maslahat berishi rejalashtirilgan. Oq uy bergan xabarda AQSh “ikki davlat o‘rtasidagi sermahsul aloqalarni yaratish” tarafdori ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.

Top