08:55 / 25.08.2015
2347

AQSh va Turkiya IShIDga aviazarbalar berish masalasini muhokama qilmoqda

Turkiya yaqin orada IShID jangarilari pozitsiyalariga aviazarbalar berishda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi ma'lumot berdi.
Ilgariroq Turkiya ichki ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Reuters agentligiga bergan intervyusida Vashington va Anqara birgalikda havo operatsiyalari uyushtirishga kelishib olganlarini ma'lum qilgan edi. Turkiyani o‘z harakatlarini xalqaro koalitsiya bilan muvofiqlashtirishga va aviazarbalarni vaqtinchalik to‘xtatishga chaqirishgan edi.
“Hozir biz muzokaralarning so‘nggi bosqichidamiz va, umid qilamanki, yaqinda siz Turkiya harbiy havo kuchlari bajaradigan harbiy vazifalarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi”, - dedi departament vakili.
Shuningdek, u Turkiya inqirozni hal qilishda muhim rol o‘ynaganini, millionlab suriyalik qochqinlarni qabul qilganini, koalitsiyaga o‘z bazalarini berganini eslatib o‘tdi.
“Kecha biz texnik masalalarni muhokama qildik. Yaqinda IShIDga qarshi kompleks operatsiyalar boshlanadi. Ularga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Qatar, Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shilishi mumkin bo‘ladi”, - qo‘shimcha qildi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Top