Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Obamadan “oq fotiha” oldi
AQSh prezidenti Barak Obama o‘rinbosari Jo Baydenning prezidentlik saylovida ishtirok etishi haqidagi taklifni ma'qulladi, deb xabar beradi CNN telekanali.
“Jo Bayden Barak Obamadan 2016 yilgi saylovlarda ishtirok etish uchun “oq fotiha” oldi”, - deb axborot berdi telekanalga Demokratik partiya vakillaridan biri.
Prezident Bayden saylovda ishtirok etishni niyat qilsa, unga qarshilik ko‘rsatmasligini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, Baydenni 7 yil muqaddam o‘z o‘rinbosari deb tayinlashi “uning siyosiy faoliyatidagi eng aqlli qaror” bo‘lgan.