09:53 / 25.08.2015
1797

Blatter FIFA a'zolarining poraxo‘rligi uchun ma'naviy javobgarlikni zimmasiga olmasligini ma'lum qildi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning amaldagi rahbari Yozef Blatter tashkilot ijroiya qo‘mitasi a'zolarining poraxo‘rligi uchun ma'naviy javobgarlikni zimmasiga olmasligini e'lon qildi. Bu haqda FIFA rahbari VVSga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan FIFA amaldorlarining harakatlari uchun javobgarlik haqidagi savolga javob berar ekan, Blatter ijroiya qo‘mitasi tarkibiga ta'sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega emasligi va ushbu shaxslar, shu jumladan, FIFA ijroiya qo‘mitasi sobiq a'zosi Chak Bleyzerning xatti-harakatlari uchun javobgarlikni zimmasiga ololmasligini ma'lum qildi.

“FIFA muammosi ijroiya qo‘mitasini shakllantirishda, – dedi Blatter. – U prezident tayinlangani singari tartibda shakllantirilmaydi. Men konfederatsiyalar taqdim etgan nomzodlarni qabul qilishim kerak. Ular mening odamlarim emas. Ular uchun kim javob berishi kerak? Men ijroiya qo‘mitasi uchun emas, sport uchun javobgar shaxsman. Biroq biz konfederatsiyalar ishiga aralasha olmaymiz, ular (ijroiya a'zolari — tahririyat) esa aynan o‘sha yerda tanlanadi.”

Blatterning qayd etishicha, JAR g‘olib bo‘lgan 2010 yildagi jahon chempionati o‘tkaziluvchi mamlakatni saylash jarayoni haqqoniy o‘tgan.

“JARdagi chempionat tartibga ko‘ra eng toza va to‘g‘risi edi. Ushbu muhokamani davom ettirishni istamayman. Bu mutasaddi shaxslar tergov olib boradigan ishlardan biri. Bu haqda ikkita matbuot anjumanidani aytib o‘tganman”, – dedi FIFA rahbari.

Prezidentning aytishicha, gap firibgarlikda ayblanayotgan aniq shaxslar haqida ketganda futbol yoki FIFAdagi poraxo‘rlik to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri. “Futboldagi poraxo‘rlik haqida gapirmaslik kerak, – dedi Blatter. – Alohida shaxslar aybdor. FIFA emas, unda ishlaydigan ayrim shaxslar poraxo‘r bo‘lishi mumkin. Biz bu yo‘nalishdagi ishlarni boshladik, izlanishlar olib borayapmiz va FIFAni qayta isloh qilamiz.”

Top