Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘kada gaz tarmog‘ining sobiq xodimi odamlardan 3 mln so‘m miqdorida to‘lovlar olib, ishlatib yubordi
Bo‘ka tuman gaz tarmog‘ining sobiq xodimi ishdan bo‘shab ketganidan so‘ng ham eski mijozlaridan to‘lolar qabul qilib, olingan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi. Bu ishi uchun tuman sudi uni 3 yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qildi.
“Huquq” nashrida yozilishicha, u ishdan bo‘shab ketganidan so‘ng O. To‘raqulovadan 1.2 mln, M. Jo‘rayevdan 1.5 mln, A. Jo‘rayevdan 850 ming so‘m pul olgan va bu pullarni kassaga topshirmay, o‘zi ishlatib yuborgan.
Aldov aniqlangach, fuqarolar IIBga murojaat qilishgan. Natijada qonunbuzar javobgarlikka tortilib, yetkazilgan moddiy zarar undirib berilgan.