Jahon | 08:14 / 25.08.2015
2380
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 10ta vazirlik qisqartiriladi

Braziliya hukumati ishlash samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida mamlakatdagi vazirliklar sonini 39tadan 29tagacha kamaytirishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi rejalashtirish vaziri Nelson Barbosa. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ayni paytda vazirlik tugatilishi kerak bo‘lgan vazirliklar ro‘yxatini tuzmoqda. Ma'lum qilinishicha, aniq ro‘yxat sentabrda tasdiqlash uchun taqdim qilinadi.

Braziliya prezidenti Dilma Rusef ham 22,5 ming davlat lavozimidan mingtasi qisqartirilishini aytdi. Qisqartirishlar borasidagi aniq ma'lumotlar ham kuz boshida ma'lum qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish