23:27 / 25.08.2015
3866

Domodedovo aeroportida yo‘lovchi aviatrapdan tushayotganda vafot etdi

Simferopol–Moskva reysi yo‘lovchisi Domodedovo aeroportida samolyot yetib kelgandan keyin undan tushayotgan paytda vafot etdi, deb xabar bermoqda “Moskva” yangiliklar agentligi.

“Simferopol–Moskva reysi bo‘yicha parvoz qilgan 78 yoshli yo‘lovchi Domodedovo aeroportida trapdan tushayotganda uning ahvoli keskin yomonlashdi Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar keksa yo‘lovchiga yordam berishga urinishlariga qaramasdan, yo‘lovchi vafot etdi. Voqea yuzasidan Moskva transportda viloyatlararo tergov boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkaziloqda”, deyilmoqda xabarda.

Aeroport matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tekshiruv natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi.

Top