16:39 / 25.08.2015
3086

Finlyandiya Boltiq davlatlari xavfsizligining kafolatchisi bo‘lishdan bosh tortmoqda

Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste o‘zining mamlakat nafaqat Boltiq davlatlari xavfsizligini, balki o‘z davlatiniki ham to‘liq ta'minlashga kafolat bera olmasligini bildirdi va hududdagi xavfsizlik kafolatiga qo‘shilmasligini bildirdi.

«Boltiq davlatlarini ma'lum himoya qilish bo‘yicha vakillarni eshitimiz mumkin. Ammo Finlyandiya ular taklif qilayotgan o‘zlarida yo‘q harbiy himoyani qabul qiladigan vaziyatda emas», — deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Niinistening qayd etishicha, uning bu so‘zlari «aynan kimgadir qaratilmagan».

Mamlakat rahbarining ta'kidlashicha, Boltiq davlatlari himoyasini ta'minlash NATOning majburiyatlariga kiradi.

Top