19:13 / 25.08.2015
15288

Foreign Policy: Si Tszinpin va Obamaning uchrashuvi “falokat”ga aylanishi mumkin

Sentyabr oyida Xitoy rahbari Si Tszinpin ishtirokida AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit ikkala tomon uchun ham, ayniqsa “qora dushanba” va ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ortida murakkab bo‘ladi, deb yozmoqda Foreign Policy nashri.

“Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar hozirda mustahkam asosga ega emas. Si Tszinpin Vashingtonga tashrif buyuradi va bu quvonchli tashrif bo‘lishdan juda yiroq. Sammit yoki “shakarsimon” – bir talay bo‘sh kaloriyalar va hech qanday oziqaviy qimmat kabi, yoki to‘liq falokat bo‘ladi”, deb aytmoqda Xitoy bo‘yicha strategik va xalqaro tadqiqotlar eksperti Skott Kennedi.

Germaniyaning Marshall jamg‘armasi eksperti Endryu Smollning fikricha, bo‘lajak sammit atrofida yaxshi muhit hukm surmayotibdi – barcha frontlar bo‘yicha mojarolar jadallashmoqda: Vashington xitoylik xakerlarni amerika tarmoqlariga hujum qilishda ayblamoqda, ikki davlatning Janubi-Xitoy dengizidagi vaziyat bo‘yicha hamjihatligi hanuzgacha mavjud emas.

Bundan tashqari, AQSh Oq uyi matbuot kotibi Josh Ernestning fikricha, Pekin “Xitoy iqtisodiyotini sun'iy ravishda manipulyatsiya qilib” birjadagi “erkin tushishlarni” ushlab turibdi.

Top