Jahon | 19:11 / 25.08.2015
3584
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Rossiyaga «Mistral» kemalari uchun 1 mlrd yevro to‘ladi

Fransiya Rossiyaga vertolyot tashuvchi «Mistral» kemalarini yetkazib berish haqidagi shartnomani bajarmagani uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mlrd yevrodan ziyodroq tovon pulini to‘lab berdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi diplomatik doiralardagi axborot manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

“Pul to‘liq miqdorda Rossiya tomoni hisobiga o‘tkazildi. Bu — bir mlrd dollardan ziyodroq”, – dedi manba.

Manbaning qayd etishicha, mazkur mablag‘ nafaqat “Mistral” kemalari qurilishi uchun bo‘nak sifatida oldindan to‘langan pulni, balki ular ekipajlarini tayyorlash va kemalarga Rossiya uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha sarflangan xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Fransiya moliya vaziri Mishel Sapen Rossiya bilan “Mistral” kemalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma buzilgani munosabati bilan to‘lanadigan tovon puli miqdori 1 mlrd yevrodan kamroq ekanini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish