Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:37 / 25.08.2015
3809
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada muhojirlar La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunnel harakatini yana to‘sib qo‘yishdi
Eurostar kompaniyasi poyezdlarining La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunnel bo‘ylab harakati noqonuniy muhojirlar tufayli to‘xtab qoldi, deb guvohlarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Sky News nashri.
“La-Mansh ostidan o‘tuvchi poyezdda qoidabuzarlar tunnelni to‘sib qo‘yishgani aytildi. Noilojlikdan hamma narsaga tayyor muhojirlar Buyuk Britaniyaga yetib olishga harakat qilishmoqda”, deb aytmoqda guvohlardan biri.
Yevrotonnel ma'muriyati harakatdagi tarkib bir soatga to‘xtab turganidan keyin yana qayta harakatlanganini ma'lum qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish