Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimov Pekinda bo‘lib o‘tadigan g‘alaba paradida ishtirok etadi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi delegatsiya 3 sentabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan g‘alaba paradida ishtirok etadi.
Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba, shuningdek, Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashdagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu paradda 30dan ortiq mamlakat rahbarlari ishtirok etishi ma'lum qilindi.
XXR Davlat kengashi devonxonasining ma'lum qilishicha, tadbirda jami 49 mamlakat vakillari ishtirok etadi.
3 sentabr kuni Tyananmen maydonidan 12 ming askar va zobit parad bilan o‘tadi. Paradga, shuningdek, 200 donadan yer usti texnikasi va samolyot jalb qilinadi.
Paradni tayyorlashga rahbarlik qilayotgan general-mayor Tsyuy Juyning ma'lum qilishicha, paradda ishtirok etadigan texnikaning 84 foizi birinchi marta namoyish etiladi.