Sport | 09:17 / 25.08.2015
1354
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin Uinston-Salem turnirida Tsongaga qarshi kortga chiqadi

Denis Istomin 24 avgust kuni AQShning Uinston-Salem shahrida start olgan va sovrin jamg‘armasi 695 ming 515 dollardan iborat yirik tennis turniridagi ishtirokini boshladi.

U birinchi uchrashuvda amerikalik Donald Yangga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:3 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Endi uni ikkinchi davrada jiddiy bahs kutmoqda. Dunyoning 19 raqamli tennischisi, fransiyalik Jo-Vilfrid Tsonga Istomin bilan o‘ynaydi.

Tsonga ushbu turnirga 3 raqamli tennischi sifatida tasniflangan.

Ushbu turnir g‘olibi 83 ming dollar mukofot va 250 reyting ochkosi bilan taqdirlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish