11:52 / 25.08.2015
3666

Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hududdagi tashviqot vositalarini o‘chirdi

Koreya Respublikasi qurolsizlantirilgan hududda KXDRga qarshi tashviqot olib borayotgan radikarnaylarni o‘chirdi, deya xabar bermoqda “Yonxap” agentligi.

Mazkur kelishuvga ikki mamlakat rasmiy vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida erishildi.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, KXDR hamon o‘z qurolli qo‘shinlarini olib ketgani yo‘q. Janubiy Koreya qurolli kuchlari ham har ehtimolga qarshi o‘z pozitsiyasini saqlab turibdi.

Bundan avvalroq Shimoliy Koreya yarimjangovar holatni bekor qilishi haqidagi xabar tarqatilgan edi.

Top