Sport | 20:01 / 25.08.2015
2418
1 daqiqa o‘qiladi

Mario Balotelli: Hamisha "Milan"ga qaytish umidi bilan yashadim

"Liverpul" jamoasi hujumchisi o‘zining Italiyaga qaytgani munosabati bilan intervyu berdi.

"Men "Milan"ga qaytganimdan xursandman. Endilikda bu yerda tezroq mashg‘ulotlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Men o‘zimni juda yaxshi his qilayapman, jismoniy holatim ko‘ngildagidek. Ishtiyoqim esa bitmas-tuganmas.

"Milan" hamisha yuragimda edi. Men hamisha bu yerga qaytib kelish umidi bilan yashardim.

"Milan"da faoliyatimni yakunlashim borasida esa hozircha biron nima deya olmayman. Avvaliga bir mavsum o‘ynab ko‘rishim kerak. Agar o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsata olsam, bu masalaga yana qaytamiz", deydi Balotelli.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" bu futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan "Liverpul"dan 1 yil muddat uchun ijaraga oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish