11:34 / 25.08.2015
2138

O‘zbekiston sport kurashlari terma jamoasi Sarayevodagi jahon chempionatida qatnashadi

Bugun, 25 avgust kuni Sarayevo shahri (Bosniya va Gertsegovina)da erkin, yunon-rim va ayollar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston sharafini jami 16 nafar yosh, umidli sportchilar himoya qiladi.

Quyida, Sarayevo shahriga yo‘l olgan terma jamoalar tarkibi berilgan:

Yunon-rim kurashi: Dostonbek Tursunboyev (-42 kg), To‘rabek Tirkashev (-46 kg), Kamol Qo‘ziyev (-54 kg), Mahmud Baxshullayev (-58 kg), Abubakr Alimov (-69 kg), Temur Mamajonov (-85 kg). Murabbiy – Olim Qurbonov.

Erkin kurash: Islom Ilxomov (-42 kg), Rustambek Jo‘rayev (-46 kg), G‘ulomjon Abdullayev (-50 kg), Abbos Rahmonov (-54 kg), Xasan Rahimov (-96 kg). Murabbiy – Latif Halimov.

Ayollar kurashi: Aktenge Keunimjayeva (-46 kg), Asalxon Sobirova (-49 kg), Shahodat Jullibayeva (-56 kg), Nabira Yesenbayeva (-60 kg), Baxtigul Baltaniyazova (-70 kg). Murabbiy - Axmet Kagarmanov.

Jahon chempionatida bahslarni boshqarib boradigan hakamlar brigadasidan o‘zbekistonlai Eshpo‘lat Hidoyatov ham o‘rin egallagan.

Top