Jahon | 18:43 / 25.08.2015
6102
1 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan: yarim oroldagi oxirgi voqealar Seulga dars bo‘ladi

Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashuvi birinchi navbatda Janubiy Koreya uchun dars bo‘lishi kerak. Bu haqda Shimoliy Koreya xalq armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi boshlig‘i Xvan Byon So markaziy televideniyega bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Oliy darajada o‘tkazilgan oxirgi muzokaralarda Koreya Respublikasi nihoyat o‘ziga xulosa chiqarib oldi: bir tomonlama qadamlar tashlash to‘g‘ri emas. Bu faqat vaziyatning yanada keskinlashuviga va harbiy to‘qnashuvga olib keladi”, - ta'kidladi u.

Shu bilan birga, Byon So ikki tomon o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muhim qadamlar tashlaganini ijobiy baholadi. U rasmiy Seul “KXDR bilan aloqalarni davom ettirishda samimiyat ko‘rsatishi”ga umid bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish