Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 21:53 / 25.08.2015
3832
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy tovar olib kirayotgan tadbirkor qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Qozog‘iston chegarasidan noqonuniy mol o‘tkazishga harakat qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasida ma'lumot berildi.
Shu tumanda istiqomat qiluvchi Xanifa Xalilova bir guruh shaxslar bilan kelishgan holda Qozog‘iston hududida tovar xarid qilib, hech qanday hujjatlarni rasmiylashtirmasdan O‘zbekistonga olib kirishga harakat qildi. Ammo u chegarachi harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘lga olindi.
Huquqbuzarlarga qonunga ko‘ra jazo belgilandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish