18:06 / 25.08.2015
2543

Rossiya mudofaa vazirligining sobiq xodimasi shartli ravishda qamoqdan ozod qildi

Rossiya sudi mudofaa vazirligining 800 mln rubl mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanayotgan xodimasi Yevgeniya Vasilevani shartli ravishda ozodlikka chiqardi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, u koloniyadan bugun chiqariladi.

“Sud Vasileva advokatlarining shartli ravishda muddatdan ilgari ozod qilish haqidagi iltimosini qondirishga qaror qildi”, - deyiladi sudning yakuniy xulosasida.
2015 yil mayida “Oboronservis”da ulkan miqdordagi pullarni o‘zlashtirib, davlat manfaatlariga 800 mln rubl miqdorida ziyon yetkazishda ayblangan Yevgeniya Vasileva sud tomonidan 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Shuningdek, u zarar ko‘rgan tashkilotlarga 77 mln rubl to‘lab berishi ko‘rsatilgan edi.
Shartli ravishda ozod bo‘lish imkoniyati Vasilevada juda tez paydo bo‘ldi: sud buning uchun ayol uy qamog‘ida o‘tkazgan vaqti yetarli deb topdi. Shundan so‘ng u faqat jabrlanuvchilarning va prokuraturaning roziligini olishi, shuningdek, koloniyadan ijobiy tavsifnoma olishi kerak edi.

Vasilevaning ozodlikka chiqishini tezlashtirish uchun uning otasi barcha da'volar bo‘yicha belgilangan 217 mln rubl miqdoridagi qarzdorlikni avgust boshiga qadar to‘ladi.

Top