Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning o‘z "Vikipediya"si paydo bo‘lishi mumkin
Moskva shahar dumasining madaniyat va ommaviy kommunikatsiya masalalari bo‘yicha komisssiya rahbari Yevgeniy Gerasimov milliy internet-ensiklopediya yaratish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda shahar xabarlari bilan tanishtirib boruvchi «Moskva» axborot agentligi ma'lumot bermoqda.
«Bizning tarmoqlar juda ko‘plab ma'lumotlar joylashtirilgan. Shu jumladan «Vikipediya»da ham juda ko‘p ma'lumotlarni uchratish mumkin, biroq eng muhim tomoni bu ma'lumotlar o‘ta ishonchli bo‘lishi kerak. Ko‘p ma'lumotlar to‘qib tashlangan. Shuning uchun xuddi mazkur resursga o‘xshagan portal, yagona milliy portal tashkil qilish lozim. Unda eng asosiy urg‘u ma'lumotlarning to‘g‘ri ekaniga qaratilishi kerak. O‘ylashimcha bu eng to‘g‘ri yo‘l. Shunda har bir kishi to‘g‘ri ma'lumotni qayerdan olish mumkinligini biladi», — deya qayd qilib o‘tgan Gerasimov.
Ma'lumot uchun, mazkur taklif Roskomnadzor tomonidan internet-ensiklopediya «Vikipediya»ni Rossiya hududida yopib qo‘yish bo‘yicha ogohlantirishlaridan keyin parlamentda ko‘tarilgan.