Jahon | 02:58 / 25.08.2015
3008
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning AQSh elchixonasida Valentina Matviyenkoga viza berish rad etilgani inkor qilindi

AQShda Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga viza berish rad etilmagan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

AQShning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivensning ma'lum qilishicha, Matviyenkoning viza olishga topshirgan arizasi hanuzgacha ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan avval Nyu-Yorkdagi Parlamentlararo ittifoqda qatnashishi kerak bo‘lgan Valentina Matviyenkoga viza berish rad etilgani haqida ma'lum qilingandi. Keyinroq Federatsiya Kengashi Matviyenkoning AQShga tashrifi bekor qilinganini e'lon qilgan edi.

Matviyenko AQSh sanksiyalar kiritgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan, bu ro‘yxatdagi shaxslarga AQSh hududiga kirish taqiqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish