16:23 / 25.08.2015
3973

Rubl kursining tushishi tufayli qirg‘izistonliklarning pul o‘tkazmalari 25 foizga qisqardi

Qirg‘iziston milliy banki To‘lqinbek Abdig‘ulovning ta'kidlashicha, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari miqdori 25 foizga qisqargan. Bunga birinchi navbatda rubl kursining tushib ketishi sabab bo‘lgan.

“Yil boshidan buyon mehnat muhojilarining pul o‘tkazmalari dollar ekvivalentida 25 foizga tushib ketdi, nominal miqdori esa o‘tgan yilgiga nisbatan 11.5 foizga oshdi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shuningdek, u Qirg‘iziston regulyatori bozorda valyuta intervensiyasi amalga oshirmasligini ma'lum qildi.

“Som kursining dollarga nisbatan tushishiga ichki sabablar yo‘q. Biz ochiq iqtisodiyotli davlatmiz va xalqaro bozorlar bilan mustahkam bog‘liqmiz”, - qo‘shimcha qildi regulyator vakili.

Top