Jahon | 19:37 / 25.08.2015
2392
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniyada ilk masjid qurilishi rejalashtirilmoqda

Aholisi 2 mln 60 mingga yaqin Sloveniya Respublikasida birinchi masjid barpo etiladigan bo‘ldi. U mamlakat poytaxti Lyublyana shahrida 3 yil davomida qurilishi rejalashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, masjid katta xonaqoh hamda 40 metr balandlikdagi minoradan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, jome hududida Islom madaniyati markazi, zamonaviy tahoratxona, majlis va marosimlar uchun keng va shinam xonalar hamda sport maydonchasi quriladi.

Ma'lumot uchun, mamlakatda 50 mingga yaqin musulmon istiqomat qiladi. Bu masjid ular uchun katta tuhfa bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: muslim.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish