19:46 / 25.08.2015
2031

Sport.es: «Barselona» vakillari Nolito va Yarmolenkoning o‘yinlarini kuzatmoqda

Kiyevning "Dinamo" jamoasi yarimhimoyachisi Andrey Yarmolenko "Barselona" jamoasining qiziqishlari doirasiga tushdi.

Sport.es nashrida yozilishicha, kataloniyaliklar "Chelsi"ga o‘tib ketgan Pedroning o‘rnini to‘ldirish ustida ishlashmoqda. Uning munosib o‘rinbosari sifatida Yarmolenkodan tashqari "Selta" a'zosi Nolitoning nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ayni vaqtda jamoa futbolchilar uchun taklif yubormagan, lekin jamoa hujumchilaridan biri jarohat olsa, ular bu ishga faol tarzda kirishishlari aytilgan.

Nashrning yozishicha, "Barselona" bu ikki futbolchining o‘yinlarini qishki transferlar davrigacha kuzatishda davom etadi. Ungacha esa Luis Enrike jamoadagi yosh futbolchilar Sandro va Munirni o‘ynatib turishi mumkin.

Biroz oldinroq, "Dinamo" "Everton" bilan Yarmolenko masalasida muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz,"Barselona" yozgi transferlar vaqtida "Atletiko"dan Arda Turanni hamda "Sevilya"dan Aleish Vidalni sotib olgan. Lekin bu futbolchilar UYeFAning kataloniyaliklarga qo‘llagan jazo tufayli 2016 yilning yanvarigacha maydonga tusha olishmaydi.

Top