13:11 / 25.08.2015
10293

Ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, ta'lim muassasalariga o‘qishga kabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.

Hujjat talablari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasi hamda Bank-moliya akademiyasi, mamlakatdagi xalqaro, xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallariga tadbiq etilmaydi. Davlat komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Hujjatga muvofiq, kelgusi o‘quv yiliga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, Iqtisodiyot, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza , Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi shuningdek boshqa idoralar bilan birgalikda har yili 1 aprelgacha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishga doir asoslangan takliflarni ko‘rib chiqish davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Top