Jahon | 06:47 / 25.08.2015
3070
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada sel oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Oxirgi kunlarda Turkiyaning shimoliy hududlarida kuchli yomg‘irlar yoqqani oqibatida 24 avgust kuni Turkiyaning shimoli-sharqiy viloyatlari Rizo va Artvinda sel oqishi tufayli 8 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma'lum qildi.

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jabr ko‘rgan hududlarga qutqaruv-qidiruv guruhlarini jo‘natdi. Ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Rizo va Artvin viloyatlarining bir nechta uyezdlarida turar-joy binolari to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, avtomobil yo‘llari yuvilib ketilgan, elektr ta'minoti, telefon aloqasi izdan chiqqan. Rizoda mahalliy gidroelektrostansiya ishdan chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish