20:26 / 25.08.2015
6250

VTB banki rahbari rublning mustahkamlanishi muddatlarini aytdi

Rublning mustahkamlanishi tendensiyalarining shakllanishiga 1-2 yil talab etiladi. VTB banki rahbari Andrey Kostin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida shunday fikrni bildirdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Kostinning aytishicha, qandaydir o‘sish juda tez yuz berishi mumkin. U shuningdek rublning neft narxiga bog‘liqligini eslatib o‘tdi. “Mening fikrimcha, neft narxlari oshishni boshlashi va barqarorlashishi bilanoq rubl kursining mustahkamlanishi uchun obektiv sabablar paydo bo‘ladi”, deb aytmoqda Kostin.

25 avgustdagi savdolar paytida dollar uchun 68,66 rubl (2,23 rublga arzonlashdi), yevro uchun 78,79 rubl (3,59 rublga arzonlashdi) taklif etildi. Brent nefti narxi 44,15 dollarga ko‘tarildi (1,43 dollarga qimmatlashdi).

Top