Jahon | 21:19 / 25.08.2015
3844
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik askar Pekindagi harbiy parad uchun bir soat vaqt davomida ko‘zini yummaslikni o‘rganib oldi

Pekinda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etuvchi Xitoy harbiy-dengiz kuchlari askari jahon rekordini o‘rnatdi. Harbiy biror marta ham ko‘zini yummagan holda, ochiq ko‘zlar bilan 57 daqiqa 24 soniya tura oldi. Bu haqda South China Morning Post. nashri ma'lum qildi.

Nashrning xabar berishicha, dengizchiga Staring King (Qarashlar qiroli) deb nom berildi. Paradda ishtirok etish talablariga ko‘ra uning ishtirokchilari juda bo‘lmasa 40 soniya ko‘zlarini yummasliklari lozim. Vaholanki dengizchi fevralda bu minimal natijaga ko‘zidagi infeksiya tufayli erisha olmayotgan edi. Biroq harbiy shamol va quyoshda turgancha ko‘zini yummagan holda bir oy davomida mashg‘ulot qildi.

Bu borada avvalgi rekordchi Fergal Fleming ko‘zini yummagan holda 40 daqiqa 59 soniya tura olgan.

3 sentabrda Pekinda Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tadi. Paradda 10 dan ko‘proq davlatdan 12 mingga yaqin harbiy xizmatchilar maydonni tantanali marsh bilan kesib o‘tadilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish