Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» «Chelsi»dan Kuadradoni mavsum oxirigacha ijaraga oldi
"Chelsi" shu yilning yanvarida katta shov-shuvlar bilan Italiyaning "Fiorentina" jamoasidan ijaraga olingan kolumbiyalik futbolchisi Xuan Kuadradoni "Yuventus"ga ijaraga berib yubordi.
Turinliklarning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, futbolchi mavsum so‘ngiga qadar ijaraga olingan. Shartnomaning boshqa jihatlari ma'lum qilinmagan.
Futbolchi Turinda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli ravishda o‘tgani aytilgan.
"Chelsi" tomoni ham bu ma'lumotlarni tasdiqlagan.
Qayd etish kerakki, o‘zining Italiyadagi faoliyatini "Udineze"da boshlagan 27 yoshli vinger "Chelsi" safida atigi 13ta o‘yinda maydonga tushdi va bittagina golli uzatma amalga oshirdi.